Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

SEMINAR TRENING

Bugun, Zarafshon shahar "Yulduz" madaniyat uyida  yosh tadbirkorlikni rivojlantirish va bandlikni ta’minlashga qaratilgan "Yoshlar tadbirkorligi uchun yangi imkoniyatlar" mavzusida seminar trening bo'lib o'tdi.   Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-62-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Seminarda Zarafshon shahar hokimi o'rinbosari S.Uvaytov, Navoiy viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Umid Baxromov, “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi Navoiy viloyati filiali rahbari Javlon Mardiyev, AJ "Aloqabank" NKXKM direktor o‘rinbosari Azizjon Naimov hamda Tomdi tumani hamda Zarafshon shahridagi tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'ymoqchi bo'lgan yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda yosh tadbirkorlarga biznes yuritish bo‘yicha kompleks xizmatlar, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari, davlat tomonidan berilgan imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi. 


Shuningdek, startap va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, kasb-hunar, raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni o‘rganish masalalari muhokama qilindi.


Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech