Zarafshon shahrida bugun erta tongdan shahar hokimligi mas'ullari tomonidan aholi o‘rtasida ommaviy sport bilan shug‘ullanishni va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida "Salomatlik uchun 5000 qadam" marafoni va sport tadbirlari o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda xotin-qizlar, nuroniylar, yoshlar, mahalla faollari, shahar kengashi deputatlari, korxona, tashkilot xodimlari hamda aholi vakillari faol ishtirok etishdi.