Bugun shahrimizda yana bir yangi tikuv sexi ish boshladi. Quruvchi mahallasida yashovchi fuqaro Muxlisa Shodiyeva "Ayollar daftari"ning tadbirkorlik qilish istagida bo'lgan ayollar ro'yxatiga kiritilgan bo'lib, imtiyozli kredit asosida faoliyatini boshladi.
Mazkur tikuv sexining ochilish marosimida Zarafshon shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i L.Tursunova, mahalla faollari, tegishli mas'ullar hamda tadbirkorning yaqinlari ishtirok etishdi.
Tadbirkor Muxlisa Shodiyevaga tegishli yangi tikuv sexining ochilishi bilan ayni paytda 3 ta yangi ish o‘rni yaratildi.