2023 - yil 22 - noyabr VI-70-152-5-78-K/23 Zarafshon shahar hokimligi
Zarafshon shahar mahalliy budjetining 2023-yil III chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasidan orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-, 24- moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 126-moddasiga asosan 2023-yil III chorak daromadlar rejasining ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan shakllangan qo‘shimcha manbalardan foydalanish maqsadida xalq deputatlari shahar Kengashi
QAROR QILADI:
- Shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i v.v.b N. Xolovning mahalliy budjetning III chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasidan orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
- Shahar mahalliy budjetining III chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasidan orttirib bajarilgan qismi hisobidan ilovaga muvofiq mablag‘ ajratilsin.
- Shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalaridan mablag‘ oluvchilarning rahbar va mas’ul xodimlari ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishi, shuningdek, ushbu mablag‘larning ajratilishi uchun taqdim etiladigan barcha hujjatlarning haqqoniyligiga shaxsan javobgar ekanligi belgilab qo‘yilsin.
- Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Shoxmirzayev, xalq deputatlari shahar Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi D. Хamroyev zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi N. Rahmanov
Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashining 2023-yil 22-noyabrdagi VI-70-152-5-78-K/23-son
qaroriga 1-ilova
Т/r | Mablag‘ ajratiladigan tashkilot nomi | Tadbir nomi | Ajratiladi gan mablag‘ |
1 | Yoshlar ishlari agentligi Zarafshon shahar bo‘limi | Kompyuter jihozlarini ta’mirlash uchun | 5 |
2 | Zarafshon shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Patronatga olingan bolalarga kiyim-bosh sotib olish xarajatlari uchun (PQ-4185) | 20 |
3 | Zarafshon shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida zaruriy qurilish materiallari va xo‘jalik mollari xarid qilish uchun |
25 |
4 | Zarafshon shahar mahallabay ishlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi | "Yangi Zarafshon" FO‘O‘BO uchun kitob javonlari sotib olish xarajatlariga |
6 |
5 | "Nuroniy" jamg‘armasi Zarafshon shahar bo‘limi | Keksalar va maslahat guruhlarini rag‘batlantirish hamda elektron ijro tizimiga ulanish xarajatlari uchun | 8 |
6 | Zarafshon shahar obodonlashtirish boshqarmasi | Yangi yil archasi tadbirlari doirasida zarur qurilish materiallari, turli yoritkichlar, bezaklar, kabel va boshqa xo‘jalik mollari xarid qilish uchun |
20 |
7 | Zarafshon shahar obodonlashtirish boshqarmasi | "Yangi Zarafshon" FO‘O‘BO binosi atrofini obodonlashtirish maqsadida bruschatka va boshqa qurilish materiallari xarid qilish uchun |
13 |
8 | Zarafshon shahar obodonlashtirish boshqarmasi | 24/7 ko‘cha uchun arka yasatish maqsadida temir profil mahsulotlari xarid qilishga | 20 |
9 | Zarafshon shahar sanitariya- epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi | Xizmat avtomobillarini ta’mirlash va kerakli jihozlar sotib olish xarajatlari uchun |
10 |
10 | Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasi | Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida zarur qurilish materiallari va xo‘jalik mollari xarid qilish uchun |
25 |
11 | Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasi | Kontratseptik vositalar sotib olish uchun | 5 |
12 |
Zarafshon shahar hokimligi | Jamoatchilik fikri asosida "Fuqarolar tashabbusi" jamg‘armasiga 30% mablag‘ni yo‘naltirish uchun | 200 |
13 |
Zarafshon shahar hokimligi | "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab- quvvatlash jamg‘armasi xarajatlariga (15%) (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19- yanvardagi PQ-92-son qaroriga asosan) |
100 |
14 |
Zarafshon shahar hokimligi | "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab- quvvatlash jamg‘armasi xarajatlariga (15%) (Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qaroriga asosan) |
50 |
15 | Zarafshon shahar hokimligi | O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida Bolalar sog'lomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga ko'maklashish jamg'armasi xarajatlariga (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18- noyabrdagi PQ-427-son qaroriga asosan) |
33 |
16 | Zarafshon shahar hokimligi | Qo‘riqlash xizmati xarajatlariga | 20 |
17 | Zarafshon shahar hokimligi | Xizmat avtomobillarini ta’mirlash, avtomobillarga ehtiyot qismlar hamda yonilg‘i mahsulotlari sotib olish uchun |
20 |
18 | Zarafshon shahar hokimligi | Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxira qilish maqsadida ssuda mablag‘ini shakllantirish uchun (Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-fevraldagi 85-son qaroriga asosan) |
50 |
19 | Zarafshon shahar hokimligi | Kompyuter jihozlarini ta’mirlash uchun | 3 |
20 | Zarafshon shahar hokimligi | Maxsus aloqa xizmati uchun | 17 |
21 | Zarafshon shahar hokimligi | Zarafshon shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi binosini ta’mirlash maqsadida zarur qurilish materiallari va boshqa xo‘jalik mollari hamda mebellar sotib olish xarajatlari uchun |
14,2 |
|
|
| 664,2 |