Yig‘ilish davomida ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan xotin-qizlar bilan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularni ijtimoiy — huquqiy, psixologik, tibbiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash borasida mas'ullarga tegishli tushunchalar berildi.
Shuningdek, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i L.Tursunova tomonidan "Ayollar daftari" ning 6-bosqichiga kiritilagan ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash hamda “Ayollar daftari”ni yuritishni namunali tashkil etish bo‘yicha bir qator topshiriqlar berildi.









