"Ayollar daftari" ning 6-bosqichini shakllantirish yuzasidan shtab yig'ilishi o'tkazildi.
Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Zarafshon shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri X.Xalilov, shahar hokimi o’rinbosari L.Tursunova, shahar IIB boshlig‘ining o’rinbosari, N.Xaydarov, shuningdek, 3-sektor mas'ul xodimi J.Usmanov birgalikda Daugistau mahallasida bo'lib, "Ayollar daftari" ning 6-bosqichiga kiritiladigan ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash va ularning milliy bazasini shakllantirish bo‘yicha xatlov o‘tkazish yo‘riqnomasi bilan ishlash yuzasidan mahalla faollari ishtirokida shtab yig‘ilishi o‘tkazishdi.
📝 Yig‘ilish davomida har bir mahalladagi xotin-qizlarning ijtimoiy ahvolini aniqlash maqsadida xatlov jarayonlarini sifatli tashkillashtirish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralarini tizimli amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilish lozimligi aytildi.
☑️Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i L.Tursunova tomonidan "Ayollar daftari" ning 6-bosqichiga kiritilagan ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash bo‘yicha xatlov o‘tkazish jarayonlariga alohida e’tibor qaratish lozimligi aytilib, qator tavsiyalar berildi.




7-01-2025, 20:52
Вернуться назад