Yulduz mahallasida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida tut ko‘chatlari o‘tqazish uchun shirkat tomonidan hashar tashkil etildi. Hashar davomida hudud tozalanib, yerlar tekislandi.
Ushbu jarayonda shahar hokimi Nazirbek Rahmanov ishtirok etib, olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Jarayonda o‘z taklif va tavsiyalarini berdi.