Investorlarga taklif etilgan mazkur maydonda temir yo‘l tizimi va boshqa zarur infratuzilmani shakllantirish masalalari mas’ullar ishtirokida muhokama qilindi.
Jarayonda xorijiy investorlarning muammolari va takliflari tinglandi, shuningdek, investor o‘z loyihasini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan yer maydonini auksion savdolariga chiqarishni tezlashtirishligi haqida yordam so‘radi. Ishchi guruh vakili tomonidan mutasaddilarga mazkur masalani hal etish bo‘yicha topshiriq berildi.









