Jarayonda Respublika ishchi guruhi vakili korxona faoliyatini o‘rgandi. Shuningdek, joriy yilda o‘zlashtiriladigan xorijiy investitsiyalar hamda yangi loyihalar bilan tanishib, korxona tomonidan o‘zlashtirilayotgan investitsiya loyihalari hamda ishlab chiqarish jarayonlari, yaratilgan ish oʼrinlari bugungi islohotlarning amaldagi natijasi ekanini eʼtirof etdi.
Uchrashuvda tadbirkorlarning muammo va takliflari tinglandi va yangi ish o‘rinlarini yaratish, ish unumdorligini oshirish, xorijiy investitsiyalarni ko‘paytirish, aholi bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.









