Shu munosabat bilan Zarafshon shahar sport maktabi murabbiylari hamda o'quvchilari ertalabki badantarbiya mashqlarini bajardilar.
Ertalabki badantarbiya mashqlari organizm uchun juda foydali bo'lib, u inson salomatligini mustahkamlashda katta rol o'ynaydi. Shuningdek, muntazam ravishda badantarbiya bilan shug'ullanuvchilar uchun jismoniy mashg'ulotlar quyidagi foydalarni beradi: jismoniy faoliyatni oshiradi, yurak va qon tomir tizimini mustahkamlaydi, metabolizmni tezlashtiradi, ish qobiliyatini oshiradi, stressni kamaytiradi, konsentratsiyani oshiradi.




