Zarafshon shahrida “Tashabbusli byudjet” loyihasi bo‘yicha 2024 yil 1-mavsumda g‘olib bo‘lgan loyihalar bo’yicha bajarilgan ishlari to‘g‘risida ma’lumot
•https://t.me/zarafshon_shahar_axborot_xizmat
Zarafshon shahrida “Tashabbusli byudjet” loyihasi bo‘yicha 2024 yil 1-mavsumda g‘olib bo‘lgan loyihalar bo’yicha bajarilgan ishlari to‘g‘risida ma’lumot
2024-yilgi Byudjetnoma va Qonun loyihasida xarajatlarning natijadorligini oshirish, mahalliy hokimliklarni vakolatlarini kengaytirish, byudjet barqarorligini ta’minlash, byudjet qamrovini oshirish hamda byudjet mablag‘larini taqsimlashda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha takliflar kiritilgan.
Hurmatli Prezidentimizning Oliy Majlis palatalariga va fuqarolarga yo‘llagan murojaatnomalari, bir nechta qarorlari asosida joriy yilda tashabbusli byudjet jarayoni kengaytirildi va bevosita fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflarni tanlab olishning yangi mexanizmi joriy qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar tog‘risida”gi PQ-5072-son, 2021-yil 22-sentabrdagi “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5250-son qarorlari qabul qilindi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli byudjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida”gi KQ-666-IV-son qaroriga asosan nizom tasdiqlangan.
Qabul qilingan ushbu me’yoriy hujjatlarga ko‘ra, 2024-yil 1-mavsumda shahar mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan fuqarolar tashabbusi jamg‘armasiga jami bo‘lib 15 996.7 mln.so‘m (shundan 2014-yil uchun shahar byudjetining 5 foizdan kam bo‘lmagan miqdori 1 mavsumga bo‘lib belgilanish hisobidan 9 003,7 mln.so‘m, mening yo‘lim loyihasi hisobidan 4 000,0 mln.so‘m hamda viloyat va shahar mahalliy byudjeti hisobidan 2 993,0 mln.so‘m) mablag‘ ajratildi.
2024 yil 1-fevraldan 22-fevralga qadar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining openbudget.uz rasmiy veb sayti orqali mavjud mahalliy muammolarni bartaraf etish maqsadida shaharda istiqomat qiluvchilar uchun ahamiyatga ega bo‘lgan jami 263 ta takliflar bildirildi. Ushbu takliflar sohalarga ajratilib tadbirlarni so‘mmalariga aniqlik kiritish va xulosa berish uchun ishchi komissiya a’zolariga taqdim etildi.
Komissiya a’zolari tomonidan joriy yil 22-fevralidan 13-martgacha ko‘rib chiqilib, 191 ta takliflar ovoz berish bosqichiga o‘tkazildi. Zarafshon shahrida “Ochiq byudjet” axborot portalida ovoz berish jarayonlari joriy yil 16-martdan 4-aprelgacha davom etdi.
Ovoz berish bosqichiga o‘tkazilgan 191 ta takliflar uchun fuqarolar tomonidan jami 19 157 ta ovozlar kelib tushganligi aniqlandi.
Yuqoridagi ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra:
ID raqami № 032320310006-son “Zarafshon shahar Istiqlol mahallasida joylashgan Tibbiyot birlashmasiga qarashli Perinatal markaz binosini ta’mirlash” jami 2129 ta ovoz;
ID raqami № 032314468006-son “Zarafshon shaxar 12-umumiy umumiy o‘rta ta'lim maktabining barcha derazalar, eshiklar, romlarini almashtirish. Maktab 1988 yil qurilgan joriy hamda kapital ta'mirlanmagan.” Jami 2073 ta ovoz;
ID raqami № 032301084006-son “Zarafshon shahar Tinchlik MFY hududida joylashgan 10-umumta’lim maktabi boshlang‘ich o‘quv binosi, sport zal, oshxona, faollar zali va boshqa qo‘shimcha xonalarni isitish tizimi ta’mirlash” jami 1861 ta ovoz;
ID raqami № 032301041006-son “Zarafshon shahar Geolog MFYda joylashgan 11-umumta’lim maktabi binosidagi faollar zalini ta'mirlash” jami 1660 ta ovoz;
ID raqami № 032319324006-son “Shaharda jinoyatchilikni oldini olish, aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida xavfsiz shahar konsepsiyasi doirasida kuzatuv kameralari o‘rnatish xarajatlariga” jami 1506 ta ovoz;
ID raqami № 032307304006-son “Zarafshon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga qarashli yotoqxona binosini ta’mirlash.” Jami 1284 ta ovoz;
ID raqami № 032301112006-son “Zarafshon shahar Yoshlik MFY da joylashgan 4-umumta’lim maktabi binosining ta’mirlanmay qolgan tom qismini profnastil qoplamasi bilan ta’mirlash” jami 1201 ta ovoz;
ID raqami № 032332670006-son “Viloyat tumanlararo ftiziatriya dispanseri 2-davolash bo‘limi va kirxona bino va inshoatlari ta'mir talab holatga kelib qolganligi sababli ta'mirlash.” jami 1148 ta ovoz;
ID raqami № 032320700006-son “Zarafshon shahar Istiqlol mahallasida joylashgan Tibbiyot birlashmasiga qarashli Yuqumli kasalliklar bo‘limining binosini ta’mirlash.” jami 1106 ta ovoz;
ID raqami № 032325127006-son “Chorbog‘ Zarafshon hududidagi ichki yo‘llarni asfalt qilish asosiy yolni ta'mirlash” jami 992 ta ovoz;
ID raqami № 032301009006-son “Zarafshon shahar Muruntov mahallasidagi 7-sonli umumta'lim maktabi binosini ta’mirlash” jami 888 ta ovoz;
ID raqami № 032301973006-son “Zarafshon shahar sport maktabi 5 TIP majmuasiga Sun’iy qoplamali futbol maydoni qurish” jami 833 ta ovoz;
ID raqami № 032314654006-son “Zarafshon shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo'limi laboratoriyalari uchun kerakli jihozlar sotib olish uchun.” Jami 316 ta ovoz;
Jami 13 960,0 mln.so‘mlik 13 ta takliflar g‘olib bo‘lib, shundan
4 700,0 mln.so‘mlik 5 tasi Maktabgacha ta’lim va xalq ta’limi bo‘limiga qarashli maktablar, 2 720,0 mln.so‘mlik 2 tasi Tibbiyot birlashmasiga qarashli binolar, 1 360,0 mln.so‘mlik 1 tasi Obodonlashtirish boshqarmasiga qarash yo‘l, 1 360,0 mln.so‘mlik 1 tasi Viloyat tumanlararo ftiziatriya dispanseriga qarashli bino, 1 360,0 mln.so‘mlik 1 tasi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga qarashli bino, 850,0 mln.so‘mlik 1 tasi Sport maktabiga, 1 360,0 mln.so‘mlik 1 tasi Ichki ishlar bo‘limiga va
250,0 mln.so‘mlik 1 tasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo’limiga laboratoriyalari uchun kerakli jihozlar sotib olish takliflari bo‘lib, ushbu tashabbuslarning 5 070,0 mln.so‘mlik 13 tasi qurilish-ta’mirlash hamda 250,0 mln.so‘mlik 1 tasi tovarlar xarid qilish va sotib olish loyihalari.
Ushbu loyihalarning qurilish va ta’mirlash yo‘nalishi bo‘yicha 11 ta loyihaga Navoiy viloyati hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati IKsi buyurtmachi etib tayinlanib, bugungi kunda pudratchi korxonalar tomonidan 11 ta loyiha qurilish ishlari yakuniga yetkazilib foydalanishga topshirilgan. Ichki yo‘l ta'mirlash bo‘yicha 1 ta loyihaga «Navoiy mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati» DMsi buyurtmachi etib tayinlanib, bugungi kunda ta’mirlash ishlari pudratchi korxonalar tomonidan yakuniga yetkazilib foydalanishga topshirilgan (Charbog‘ Zarafshon hududi ichki yo’li). Tovarlarni sotib olish va xarid qilish bo‘yicha 1 ta loyihaga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi buyurtmachi etib tayinlanib, bugungi kunda xarid qilinishi lozim bo’lgan belgilangan tovarlarning barchasi e'longa qo‘yilib, 207,8 mln.so‘mga shartnomalar tuzilgan barcha tovarlar yetkazib berilgan va iqtisod qilingan 42,1 mln.so‘m mablag‘ qaytarilib, loyiha to‘liq yakuniga yetkazilgan.
Zarafshon shahrida “Tashabbusli byudjet” loyihasi bo‘yicha 2024 yil 2-mavsumda g‘olib bo‘lgan loyihalar bo’yicha bajarilgan ishlari to‘g‘risida ma’lumot
2024-yil 2-mavsumda shahar mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan fuqarolar tashabbusi jamg‘armasiga jami bo‘lib 11 632.0 mln.so‘m (shundan 2024-yil uchun shahar byudjetining 5 foizdan kam bo‘lmagan miqdori 2 mavsumga bo‘lib belgilanish hisobidan 9 004 mln.so‘m, qoldiq mablag‘ va iqtisod mablag‘lar hisobidan 2 236 mln.so‘m hamda shahar mahalliy byudjeti hisobidan 392 mln.so‘m) mablag‘ ajratildi.
Hurmatli Prezidentimizning Oliy Majlis palatalariga va fuqarolarga yo‘llagan murojaatnomalari, bir nechta qarorlari asosida joriy yilda tashabbusli byudjet jarayoni kengaytirildi va bevosita fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflarni tanlab olishning yangi mexanizmini joriy qilindi.
2024 yil 6-iyuldan 26-iyulga qadar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining openbudget.uz rasmiy veb sayti orqali mavjud mahalliy muammolarni bartaraf etish maqsadida shaharda istiqomat qiluvchilar uchun ahamiyatga ega bo‘lgan jami 176 ta takliflar bildirildi. Ushbu takliflar sohalarga ajratilib, tadbirlarni so‘mmalariga aniqlik kiritish va xulosa berish uchun ishchi komissiya a’zolariga taqdim etildi.
Komissiya a’zolari tomonidan joriy yil 26-iyuldan 15-avgustgacha ko‘rib chiqilib, 104 ta takliflar ovoz berish bosqichiga o‘tkazildi. Zarafshon shahrida “Ochiq byudjet” axborot portalida ovoz berish jarayonlari 2024-yil 22-avgustdan 1-sentyabrgacha davom etdi.
Ovoz berish bosqichiga o‘tkazilgan 104 ta takliflar uchun fuqarolar tomonidan jami 11 901 ta ovozlar kelib tushganligi aniqlandi.
Yuqoridagi ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra:
ID raqami № 048361460006-son “Zarafshon shahar 1-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabini jihozlash” jami 2149 ta ovoz;
ID raqami № 048346402006-son “Zarafshon shahar 10-umumiy o’rta ta’lim maktabining barcha derazalar, eshiklar, romlarini almashtirish va maktab binosini ta’mirlash.” Jami 1757 ta ovoz;
ID raqami № 048347450006-son “Zarafshon shahar 16-maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini ta’mirlash va eshik va deraza romlarini almashtirish.” jami 1671 ta ovoz;
ID raqami № 048339230006-son “Zarafshon shahar "Konchilar" MFY hududidagi daraxtlar va gul ko‘chatlarini sug‘orish ishlarini amalga oshirish maqsadida sug‘orish uchun yangidan quvurlar tortish va ta’mirlash” jami 1455 ta ovoz;
ID raqami № 048337178006-son “Zarafshon shahrida "Nuroniylar" maskanini qurish” jami 1166 ta ovoz;
ID raqami № 048336784006-son “Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasi Markaziy kasalxonasi asosiy binosini tom qismini ta’mirlash.” Jami 1063 ta ovoz;
ID raqami № 048337352006-son “Zarafshon shahar O‘zbekiston mahalla fuqarolar yig‘iniga Yangi bino qurish” jami 993 ta ovoz;
ID raqami № 048359888006-son “Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasi Muruntov‘ OSHP sida aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va qulay shart- sharoit yaratish maqsadida ta’mirlash ishlarini olib borish.” jami 879 ta ovoz;
ID raqami № 048346496006-son “Zarafshon shahar "Bahor" MFY 13-kichik tuman hududidan (daraxt va gul ko‘chatlari ekish hamda sug‘orish) tizimini tashkil qilish va ta’mirlash..” jami 170 ta ovoz;
Jami 11 422,1 mln.so‘mlik 9 ta takliflar g‘olib bo‘lib, shundan:
3 822,1 mln.so‘mlik 3 tasi Maktabgacha ta’lim va xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 1 va 10-maktablar hamda 16-maktabgacha ta’lim tashkiloti, 2 160,0 mln.so‘mlik
2 tasi Tibbiyot birlashmasiga qarashli binolar, 2 720,0 mln.so‘mlik 2 tasi Obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli sug‘orish tizimlari,
2 720,0 mln.so‘mlik 2 tasi Mahalla uyushmasiga qarashli binolar takliflari bo‘lib, ushbu tashabbuslarning 10 320,0 mln.so‘mlik 8 tasi qurilish-ta’mirlash hamda 1 102,1 mln.so‘mlik 1 tasi tovarlar xarid qilish va sotib olish loyihalari.
Ushbu loyihalarning qurilish va ta’mirlash yo‘nalishi bo‘yicha 6 ta loyihaga Navoiy viloyati hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati IKsi buyurtmachi etib tayinlanib, bugungi kunda barchasining pudratchilari aniqlanib, shartnoma qilingan va qurilish ishlari boshlangan (10-maktab, 16-bog’cha, Tibbiyot birlashmasi, Muruntov OSHP, Nuroniy bino qurish va O‘zbekiston mahallasi bino qurish) Suv quvurlarini tortish bo‘yicha 2 ta loyihaga «Suv ta’minoti va oqava suv obyektlarini qurish bo‘yicha» IKsi buyurtmachi etib tayinlanib, bugungi kunda 1 ta loyihada (Konchilar mahallasida quvurlar tortish) pudratchi aniqlangan va
(Bahor mahallasi sug‘orish tizimi) buyurtmachi tashkilot tomonidan ish turiga o‘zgartirish kiritilganligi sababli smeta hujjatlari tayyorlanib, ekspertiza hujjatlarini olish jarayonida. Tovarlarni sotib olish va xarid qilish bo‘yicha 1 ta loyihaga Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi buyurtmachi etib tayinlanib, bugungi kunda xarid qilinishi lozim bo’lgan belgilangan tovarlar e’longa qo‘yilib, 1 078,3 mln.so‘mga shartnomalar tuzilgan bo‘lib, shundan 1 076,4 mln.so‘mlik tovarlar yetkazib berilgan.
![](https://www.zarafshon.uz/uploads/posts/2025-01/medium/1737614824_photo_2025-01-16_15-12-29.jpg)
![](https://www.zarafshon.uz/uploads/posts/2025-01/medium/1737614883_photo_2025-01-16_15-23-29.jpg)
![](https://www.zarafshon.uz/uploads/posts/2025-01/medium/1737614809_photo_2025-01-16_15-12-37-2.jpg)
![](https://www.zarafshon.uz/uploads/posts/2025-01/medium/1737614873_photo_2025-01-16_15-12-37-3.jpg)
![](https://www.zarafshon.uz/uploads/posts/2025-01/medium/1737614883_photo_2025-01-16_15-12-37-4.jpg)
![](https://www.zarafshon.uz/uploads/posts/2025-01/medium/1737614836_photo_2025-01-16_15-12-37.jpg)
![](https://www.zarafshon.uz/uploads/posts/2025-01/medium/1737614831_photo_2025-01-16_15-12-38.jpg)
![](https://www.zarafshon.uz/uploads/posts/2025-01/medium/1737614864_photo_2025-01-16_15-13-45.jpg)
![](https://www.zarafshon.uz/uploads/posts/2025-01/medium/1737614896_photo_2025-01-16_15-23-30-2.jpg)
![](https://www.zarafshon.uz/uploads/posts/2025-01/medium/1737614863_photo_2025-01-16_15-23-30.jpg)