Zarafshon shahar hokimligi oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi L.Tursunova, shahar Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlinmasi rahbari D.Bahronova, shahar din ishlari boʻyicha bosh mutaxassisi A.Xamdamov tomonidan masʼullar ishtirokida Yangi Zarafshon mahalla fuqarolar yigʻinida targʻibot uchrashuvi oʻtkazildi.
Unda "Obod xonadon", "Obod koʻcha", "Obod mahalla" mezonlari boʻyicha har bir xonadon obodonlashtirish, tozalik ishlarini tashkil etilishi, koʻchalar va xonadonlarda fuqarolarga bu borada targʻibotlar qilish, mahallada "Obod mahalla" Davlat dasturi boʻyicha amalga oshirilayotgan bunyodkorlik loyihalari taʼkidlab oʻtildi.