Zarafshon shahridagi 7551-son harbiy qismda yoshlar uchun “Vatan himoyasi – muqaddas burch” shiori ostida ochiq eshiklar kuni oʻtkazildi.
✔️Zarafshon shahar IIB, Yoshlar ishlari bo‘limi, Harbiy qism hamkorligida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning harbiy kasbga boʻlgan qiziqishini oshirish, Qurolli Kuchlarimiz jangovar salohiyatini namoyish etish maqsadida oʻtkazilgan tadbirda oʻquvchilarga milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida keng maʼlumot berildi.
✔️Tadbir doirasida oʻtkazilgan harbiy texnika va jangovar qurollar namoyishi hamda sportchilarning koʻrgazmali chiqishlari barchada katta taassurot qoldirdi.
✔️Askarlar tomonida jinoyatchilarni qurolsizlantirish, qoʻlga olish, yongʻinlarni bartaraf etish, favqulodda vaziyatlarda birinchi yordam koʻrsatish, jangovar salohiyati borasidagi namoyishlarini yoshlar katta qiziqish bilan tomosha qildi.
✔️Harbiy qism askarlarining harbiy texnika va jangovar qurollardan foydalanish borasidagi koʻrgazmalari, yoshlar bilan muloqotlari yosh avlod vakillarining harbiy sohaga qiziqishini oshirishga, Vatanga muhabbatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
✔️Yoshlar harbiy qismda askarlarning yashash sharoiti, harbiy tayyorgarlik oʻquv-mashgʻulotlari bilan tanishdi. Qurolli Kuchlar faxriylari esa yoshlarga oʻz hayot yoʻli, harbiy kasb masʼuliyati, mashaqqati, Vatan himoyasi muqaddas burch ekani haqida soʻzlab berdi.
✔️Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida sportning mulliy kurash va mini futbol turidan musobaqalar o‘tkazildi.



