Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ASSALOM NAVRO‘Z SAYLI

ASSALOM NAVRO‘Z SAYLI

Bahor faslining eng quvonchli bayramlaridan biri Navro‘zdir. Xalqimizning qadimiy tarixi, boy ma'naviyati, madaniyati va ezgu qadriyatlarini o‘zida yaqqol mujassam etgan,ona tabiat va odamlar ruhiyatida yuz beradigan yosharish, yangilanish va yuksalishlarni asrlar davomida to'la namoyon etib kelayotgan Navro‘zi olam eng ardoqli milliy bayramlarimizdan biri hisoblanadi.

14-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 04-martdagi "2024-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida"gi PQ-113-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Zarafshon shahar hokimligi, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi  shahar  bo‘linmasi va 3-umumta'lim maktabi hamkorligida  ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. 

Tadbirda bahoriy taomlardan iborat dasturxon, milliy libosda  milliy o‘yinlarimiz, bayramni madh etib kuylangan qo‘shiqlar,  turli musobaqalar bo‘lib o‘tdi. 








Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech