Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Yangi Oʻzbekistonda bagʻrikenglik tamoyillari

Ma’lumki, mamlakatimiz azal-azaldan o‘zining do‘stlik, birodarlik va bag‘rikenglik anʼanalari bilan shuhrat qozongan. Mustaqil Respublikamiz o‘zining qadimiy va betakror tarixiga ega. O‘zbekiston zaminida hozirgi vaqtda 130 dan ortiq millat va elat vakillari o‘zaro tinch va ahil yashab, yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishmoqda, 16 ta konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar, 38 ta do‘stlik jamiyati va 153 ta milliy madaniy markaz erkin faoliyat ko‘rsatmoqda.
Bundan tashqari mamlakatimizdagi davlat taʼlim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonlari 7 tilda olib borilmoqda, qardosh tilli maktablarda tahsil olayotgan farzandlarimiz ham davlat hisobidan darslik va badiiy adabiyotlar bilan taʼminlanmoqda.
Oʻzbek tili izohli lugʻatida bagʻrikenglikka “masalaga keng koʻlamda, ochiq koʻngillik bilan yondashish”, — deya juda chiroyli taʼrif berilgan. Yaʼni, bagʻrikenglik tushunchasi faqatgina bir yoki bir necha insonlar qalbidagi emas, balki butun bir xalq koʻnglidagi ochiq koʻngillilikka ham daxldor tushuncha sifatida ifodalangan.
Bagʻrikenglik turli millat va elatlar vakillarini olijanob gʻoya va ezgu niyatlar yoʻlida hamkor va bahamjihat yashashga undaydi. Bagʻrikenglik vaqtga bogʻliq emas, makon tanlamaydi. Chegaralar unga toʻsiq boʻla olmaydi.
Bagʻrikenglik barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalari rivojini istaydi. Bagʻrikenglik insonni irqi, jinsi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi hamda ijtimoiy mavqeyidan qatʼiy nazar, bir xilda teng koʻrishga asoslanadi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham mustahkamlab qo‘yilgan.
Aynan shu jihatdan yangi Oʻzbekiston islohotlari nafaqat ichki muomalada, balki mamlakatimizning tashqi siyosatida ham xalqchil gʻoyalar ustuvorligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
 
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Zarafshon shahar bo‘linmasi tomonidan joriy yilning 10 oy davomida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarga oid hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mazmun va mohiyatini aholining turli qatlam vakillari o‘rtasida targ‘ib etish va ijrosini ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-amaliy tadbirlar hamda jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlik ruhini umummilliy harakatga aylantirishda barcha korxona, tashkilot, muassasa, madaniy markazlar va mahallalar bilan hamkorlikda faol ish olib bordi. Zarafshon shahrida   millatlararo totuvliikni yanada mustahkamlash maqsadida  joriy yilning shu davrigacha 40 dan ortiq  “Jaholatga qarshi ma’rifat”, 50 dan ortiq kitobxonlik tadbirlari o‘tkazildi. 
 
 
Dilafruz Bahronova Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Zarafshon shahar bo‘linmasi rahbari
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech