Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

MILLIYLIKKA E’TIBOR-MILLATGA E’TIBOR

MILLIYLIKKA E’TIBOR-MILLATGA E’TIBOR
Malumki, milliylik – muayyan xalqqa, millatga xos boʻlgan, uni boshqalardan farqini koʻrsatuvchi xususiyatlar majmui hisoblanadi. Milliylik millatning tarixi, qadriyatlari, anʼanalari, madaniyati, yashash tarzida yaqqol namoyon boʻladi. 
Milliylikni bilish va anglash uchun millatlar oʻrtasidagi farq va tafovutlarni oʻrganish bilan birgalikda, ularni yaqinlashtiruvchi jihatlarga jiddiy eʼtibor berish zarur. Chunki boshqa millatlarning yutuq va ijobiy tajribasini oʻrganish, ularni oʻzlashtirish milliylikni boyitadi va rivojlantiradi. Insoniyat tarixida XX asr milliylikning oʻsishi, milliy davlatchilik tamoyili ustuvorlik kasb etgani bilan xarakterlanadi. Bu asrda mustamlakachilik tizimi barbod boʻldi, oʻnlab yangi mustaqil davlatlar shakllandi. Ana shu asr soʻngida Oʻzbekiston ham mustaqillikni qoʻlga kiritib, oʻz milliy davlatchilik anʼanalarini, urf-odatlarini tikladi. Mamlakatimizda maʼnaviy taraqqiyot umuminsoniylikning ustuvorligi va milliy qadriyatlarga sadoqat tamoyillarining uygʻunligiga asoslanadi. 
Bugungi kunda yoshlar ta’lim tizimi, tibbiyot, sport va boshqa ko‘pgina sohalarda qator yutuqlarga erishmoqda. Ammo yoshlarning milliy urf-odatlarga sadoqat, milliy mentalitetimizga hurmat, vatanparvarlik tuyg‘ulari qay darajada? Ularning moddiyati singari ma’naviy tarbiyasiga ham yetarlicha e’tibor qaratilyaptimi? 
Ma’naviy tarbiya haqida gap ketganda bu aynan bir kishiga bog‘liq vazifa emas. Zero, Prezidentimiz  Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Agar kimdir, ma’naviyat masalasi – bu faqat Ma’naviyat markazi yoki tegishli vazirlik va idoralarning ishi, deb o‘ylasa, xato qiladi. Bularning barchasi oldimizda turgan eng asosiy, eng muhim vazifalardan biridir”.
Zarafshon shahri hokimi Nazirbek Rahmanov boshchiligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ham yosh avlod tarbiyasida ma’naviyatning o‘rnini mustahkamlash, ularni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat, vatanparvarlik  ruhida tarbiyalash, ularda  milliy mentalitetimizni, xususan, Alisher Navoiy  g‘azallarini singdirish orqali o‘zlikni anglatish masalalariga  alohida e’tibor qaratildi.
Ushbu yig‘ilishda shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, shahar ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi, shahar yoshlar ishlari bo‘limi, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Zarafshon shahar bo‘limi hamda boshqa hamkor tashkilotlarning yil davomida erishgan natijalari yo‘nalishlar kesimida tahlil qilinib, 2025-yilda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha ham kelishib olindi. 
Yurtimizda shaxs ma’naviyatida xalqimiz uzoq tarixi davomida turli sinovlardan o‘tgan, sayqal topib kelayotgan va faqat ijobiy fazilatlar tarzida e’zozlanadigan ma’naiy-ahloqiy qadriyatlar shakllangan. Milliy ma’naviyatimizda halqimizning turmush tarzi, urf-odatlari hamda an’analari, uning boy og‘zaki va yozma ijodi, mumtoz adabiyoti va san’atiga singib ketgan bo‘lib, inson ma’naviy takomilida beqiyos ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, shahrimizda milliy ma’naviyatimizni yanada rivojlantirish asosiy vazifamiz hisoblanadi.
 
Dilafruz Bahronova Respublika Ma’naviyat va ma'rifat markazi Zarafshon shahar bo‘linmasi rahbari
 
 
 
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech