Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

"Milliy qadriyatlar - millat iftixori" mavzusida tadbir o‘tkazildi.

"Milliy qadriyatlar - millat iftixori" mavzusida tadbir o‘tkazildi. 

🇺🇿Bugungi kundagi turli zararli ta’sirlardan saqlanish, har qanday sharoitda ham xalqimizga azaldan xos bo‘lgan milliy qiyofa, betakror fazilatlar egasi bo‘lib qolishimizda qadimiy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylab, ularga amal qilib yashash o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.

🇺🇿Yer yuzidagi har bir millat faqat uning o‘ziga xos bo‘lgan an’ana va qadriyatlari bilan alohida ajralib turadi, tabiiyki, har qaysi xalqning bebaho boyligi bo‘lgan bunday qadriyat va an’analar bir-ikki kunda paydo bo‘lib qolmagan.

🇺🇿 Insoniyatning necha ming yillik tarixiy tajribasi shuni ko‘rsatadiki, biror-bir narsaning an’anaga, ayniqsa, qadriyatga aylanishi uzoq davrni talab qiladi. Yillar, asrlar davomida muayyan qarash, odat, tushuncha, tajribalar zamonlar, avlodlar sinovidan o‘tadi, sayqal topib boradi. Agar ular keyingi avlodlar tomonidan ham qabul qilinsa, davom ettirilib, urf-odatga aylansa, demakki, endi ularni milliy an’ana va qadriyat deb atash mumkin bo‘ladi. 

🇺🇿Bugun,  Zarafshon shahar 13-maktabida 5-6-7-sinf o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan milliy qadriyatlarimiz to‘g‘risidagi viktorina va sport musobaqasi milliy an'nalarimizni davomi bo‘ldi. 

🇺🇿O‘tkazilgan tadbir davomida 5-6-7 sinf yoshlari o‘rtasida milliy sport musobaqasi ham tashkil qilindi. G‘oliblarga maktab ma'muriyatining faxriy yorliq va sovg‘alari topshirildi.


Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech