Zarafshon shahar IIB boshlig'i, 3-sektor rahbari S.Latipov O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Zarafshon shahar Xalq qabulxonasi mudiri X.Xalilov bilan birgalikda navbatdagi sayyor qabul uchrashuvini "Yoshlik"mahalla fuqarolar yig'inida fuqaro va yoshlar bilan o'tkazdi.
🔹Qabul jarayonida fuqarolarning murojaatlari birma-bir tinglanib, ijobiy hal etilishiga e'tibor qaratildi. Ushbu mahallada yashovchi fuqarolar ishga joylashish, nogironlik belgilash, oilasini yarashtirish va boshqa masalalar bo’yicha murojaat qilishdi.
🔹Barcha murojaatlar nazoratga olinib, huquqiy tushuncha va maslahatlar berildi, ayrim masalalar joyida hal etildi, muddat talab qiladigan murojaatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga ularni bartaraf etish bo'yicha ko'rsatma va topshiriqlar berildi.