Bugun, Mudofaa vazirligiga qarashli Zarafshon shahrida joylashgan harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar uchun bayram tadbiri o‘tkazildi.
✅Tadbirda dastlab harbiy qism komandiri tomonidan Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini saqlash yo‘lidagi shaxsiy namunasi, harbiy xizmat burchiga yuksak sadoqati, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatchilarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
✅Tadbir davomida madaniyat markazi xonandalari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.
✅Shuningdek, tadbirda QVZ jamoasi tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari harbiy xizmatchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.