Bugun, 10-aprel kuni Zarafshon shahar hokimligi tashabbusi bilan "Modern trading service" MCHJ hamkorligida Muborak Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan oilaviy bolalar uyi tarbiyanuvchilari uchun bayram dasturxoni tashkil etildi.
Unda Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, shahar ma'naviyat bo'limi rahbari D,Bahronova, din ishlari bo'yicha A.Hamdamovlar ishtirok etib, bolajonlar bilan samimiy suhbatlashdi. Hamda tarbiyalanuvchi Zarinaning tug‘ilgan kuni nishonlanib, sovg‘alar ulashildi.
Bolajonlar uchun tashkil etilgan o‘yingohdagi qiziqarli o‘yinlar, barcha tarbiyalanuvchilar qalbiga quvonch bag‘ishladi.