Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

MILLIY QADRIYATLAR UYG‘UNLIGI

MILLIY QADRIYATLAR UYG‘UNLIGI 

🌷Ma'lumki, milliy qadriyatlar ‒ har bir millatning o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalovchi falsafiy tushuncha bo‘lib, o‘sha millat bosib o‘tgan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida shakllangan milliy madaniy meros xazinasiga qo‘shgan hissasini, ulushini ifodalaydi. 

🌷Xuddi shu milliy o‘ziga xoslik, o‘ziga moslik millat madaniyatida, adabiyotida, san’atida, tilida, dinida, tarixiy xotirasida, yashash, ishlash va fikrlash tarzida, urf-odatlarida, rasm-rusumlarida, bayramu-sayillarida o‘z ifodasini topadi.

🌷 Bir so‘z bilan aytganda, milliy qadriyatlar ‒ milliy ma’naviy madaniyat ifodasi bo‘lib, har bir millatning insoniylik xazinasiga qo‘shgan munosib hissasining hosilasidir.

21-mart kuni Zarafshon shahar hokimligi maydonida o‘tkazilgan “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin Navro‘z” doirasidagi bayram saylida tashkilotlar tomonidan milliylikni uyg’unlashtirish maqsadida milliy taomlar, milliy liboslar ko‘rgazmalarini  tashkil etilganligi fikrimizning dalilidir.

Dilafruz  Bahronova - Respublika  ma'naviyat va ma'rifat markazi Zarafshon shahar markazi rahbari

Suratlar muallifi: Dilshod Eshnazarov





Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech