KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH DOLZARB VAZIFA
Zarafshon shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, “Navoiy-kon metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiyuran” DK “Markaz” KB OYoXTTEB shaxsiy tarkibi hamda Navoiy viloyati FVB, shahar prokuraturasi va Ichki ishlar bo‘limlarining mas’ul xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – dolzarb vazifa” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, qarorlari, farmoyishlari, umumharbiy nizomlar, Favqulodda vaziyatlar vazirining buyruq va ko‘rsatmalari, shuningdek, “Odob-axloq qoidalari”ga qat’iy rioya qilinishi zarurligini ta’kidladilar.
Shuningdek, korrupsiyaviy jinoyatlar va boshqa turdagi jinoyatlar, yo‘l-transport hodisalari, ma’muriy huquqbuzarliklar va harbiy intizom talablari buzilishi kabi salbiy holatlarning oldini olish zarurligi haqidagi muhim ma’lumotlar harbiy xizmatchilarga yetkazildi.

