Zarafshon shahar hokimi o'rinbosari, 4-hudud rahbari L.Tursunova tomonidan Xalq qabulxonasi mudiri X.Xalilov, Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi deputati G.Bobomurodova hamda boshqa mas'ullar ishtirokida Yoshlik mahallasi fuqarolari bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda fuqarolar tomonidan ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun yordam, farzandining kontrakt to'loviga yordam va boshqa masalalar bo'yicha murojaat etildi.
Jarayonda barcha murojaatlar nazoratga olinib, ularning aksariyati ijobiy hal etilishiga erishildi. Muddat talab qilgan murojaatlarni hal qilish bo'yicha mas'ullarga ko'rsatma va topshiriqlar berildi.