O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari 7551-harbiy qismda ichki ishlar organlarida “Eng yaxshi ma'naviy-ma'rifiy ishlar targ‘ibotchisi” tanlovining shahar saralash bosqichi o‘tkazildi.
Ichki ishlar organlari tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda ushbu sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarning ongi va qalbida vatanparvarlik va yurt taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan tanlovda ishtirok etayotgan harbiy qism xodimlarining amalga oshirgan ishlari, bilim va ko‘nikmalari, jismoniy va jangovar tayyorgarlik darajalari tanlov nizomi talablari asosida sinovdan o‘tkazilmoqda.




