#targ‘ibot
Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun" shiori ostida barcha korxona-tashkilot, mahallalarda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar va ma'rifat soatlari o‘tkazilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan "NKMK" Markaziy kon boshqarmasi tasarrufidagi 2-Gidrometallurgiya zavodida ishchi-xodimlar uchun "Mustaqillik eng ulug‘ va eng aziz ne'mat" mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Unda MKB Axborot va ma'naviyat va ma'rifat guruhi rahbari A.Bo‘stonov, shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo‘linmasi rahbari D.Bahronova, Zarafshon ixtisoslashtirilgan prokuraturasi prokuror yordamchisi Sh.Barnoxo‘jayev, zavod rahbariyati va xodimlar ishtirok etdi.




