Bugun, 12-fevral kuni Zarafshon shahar 12-jazoni ijro etish kaloniyasida Zarafshon shahar ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi hamkorligida xodimlar bilan navbatdagi "Ma'naviyat va ma'rifat" soati o‘tkazildi.
Ma'naviyat soati davomida 2023-yilning 22-dekabr kuni Muhtaram Prezidentimiz tomonidan o‘tkazilgan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida hamda 2024-yil 10-yanvarda xavfsizlik kengashining yig‘ilishda belgilab berilgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida ma'lumotlar bayon qilindi.



