DataLife Engine / Yakshanba oila kuni

Yakshanba oila kuni

#yakshanba oila kuni
#teatr_namoyishi_
#Zarafshon_shahar _

Insondagi muqaddas xislatlar - vatanparvarlik, yuksak ma’naviyat, xalqparvarlik oilada shakllanishni boshlaydi.  

Hurmatli davlat fuqarolik xizmatchilari! Haftaning har yakshanba kunini oilangiz davrasida o‘tkazing! 

Teatrlar, kitob do‘konlari, saylgohlar, istirohat bog‘lariga boring. Ota-onangizni ziyorat qilib, yaqinlaringiz, farzandlaringiz bilan dildan suhbatlashing. 

Oilasi bag‘rida yaxshi dam olgan, xotirjam bo‘lgan, shaxsiy yumushlarini joy-joyiga qo‘ygan davlat xizmatchisi har kuni kuch-g‘ayrat, kreativ g‘oyalar bilan faoliyatga kirishadi. 

Unutmang,  mustahkamligi va oila bag‘ridagi hordiq - samarali faoliyatingiz, ma’nan sog‘lom yosh avlod voyaga yetishi kafolati.

Bugun,  29-sentabr kuni Zarafshon shahar Yulduz madaniyat uyida Farmon Toshev asari asosida sahnalashtirilgan "TAZARRU" nomli spektakl namoyishi ham aynan shuning davomi bo'ldi. 

Spektakl namoyishida oila muqaddas  ekanligi, oilaviy qadriyatlarni hurmat qilish,  ota-onani e'zozash,  birovni haqqidan qo‘rqish,  xizmat  vazifasini suiste'mol qilmaslik kabi mavzular mahoratli tarzda ochib berildi. 

Respublika ma'naviyat va ma'rifat matkazi Zarafshon shahr bolimi rahbari D.Bahronova







29-09-2024, 23:40
Вернуться назад