🇺🇿 Zarafshon shahrida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan chop etilgan “Men ham harbiy boʻlaman” kitob-albomining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
🇺🇿Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Zarafshon shahar bo‘linmasi rahbari D.Bahronova, 7551- harbiy qism komandiri, muddatli harbiy xizmatchilar va yoshlar ishtirok etishdi.
🇺🇿Tadbirda soʻz olganlar mazkur kitobning yaratilish tarixi, ahamiyati, unda jamlangan maʼlumotlar haqida fikr-mulohazalar bildirdilar. Mazkur kitobda tarixiy ajdodlar koʻrsatgan jasoratlari yangi vizual tasavvur ulashishi uchun boy tarixiy maʼlumotlar va suratlar aks ettirilganligi, ularda ilgari surilgan fikrlar haqida so‘z yuritildi.







