DataLife Engine / MA'NAVIYAT SOATI O‘TKAZILDI

MA'NAVIYAT SOATI O‘TKAZILDI

#Bir bo‘lsak-yagona xalqmiz,  birlashsak-vatanmiz!
#Navoiy_Zarafshon_shahri_

MA'NAVIYAT SOATI  O‘TKAZILDI

MA’NAVIYAT — inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. Ma’naviyat insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e‘tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini o’z ichiga oladi. Ma’naviyat atamasining asosida «ma’no» so’zi yotadi. Ma’lumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning bo’y-basti, ko’rinishi, kiyinishi, xatti-harakati va boshqalar kiradi. Ichki olami esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, intilishlari, his-tuyg’ularini o’z ichiga oladi. Insonning ana shu ichki olami Ma’naviyatdir. Oziq-ovqat odamga jismoniy quvvat bersa, Ma’naviyat unga ruhiy oziq va qudrat bag’ishlaydi. Ma’naviyat ma’rifat va madaniyat bilan bog’liq. Vijdon nima, yolg’on va rost nima, or-nomus nima, halol va harom nima – bularning hammasini bir-biridan ajrata oladi, hayotda yomonlikka boshlovchi xatti-harakatlardan voz kechadi, yaxshilikka boshlovchi amallarni bajaradi. Qisqasi, Ma’naviyatda inson hayotining mazmuni aks etadi. Vatanni sevish, vatanparvarlik inson Ma’naviyatini belgilovchi asosiy omillardan biridir.

2024-yil 20-sentabr kuni Zarafshon shahar 3-maktabida "Oilada ota-ona va farzand munosabatlatlarini yaxshilashda qadriyatlarning o‘rni" mavzusida ma'rifat soati tashkil etildi.

Ma'rifat soatida Respublikasi Ma'naviyat va ma'rifat markazi Navoiy viloyati bo‘limi rahbari A.Muqimov, Zarafshon shahar bo‘linmasi rahbari D.Bahranova, maktab direktori,  ma'muriyat xodimlari,  o‘qituvchilar ishtirok etdi. 

Eslatib o‘tamiz, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi va Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta'lim maktablarida 2024-2025-o‘quv yilida o‘tkaziladigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar” rejasiga binoan sentabr oyligi "Bir bo‘lsak yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!" shiori ostida tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan.

D.Bahronova




20-09-2024, 21:00
Вернуться назад