DataLife Engine / QATAG‘ON QURBONLARI MILLAT FIDOIYLARIDIR

QATAG‘ON QURBONLARI MILLAT FIDOIYLARIDIR

QATAG‘ON QURBONLARI MILLAT FIDOIYLARIDIR
 
Mamlakatimizda mustaqilligimizni har tomonlama mustahkamlash, tariximizning noma’lum sahifalarini tiklash va ilmiy nuqtayi nazardan chuqur o‘rganish, inson, uning huquq va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida e’tirof etish, shu asosda yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlodning Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usini, fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish, ularni bugungi tinch, erkin va ozod hayotning qadriga yetish ruhida tarbiyalash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan 2024-yil iyul oyida Muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonlaridan “Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan vatandoshlar hayoti va faoliyatini o‘rganish, xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida”gi qarorini imzolaganliklari ayni tariximizni, buyuk jadidchilarimizni nomini abadaiylashtirish uchun qo‘yilgan qadam bo‘ldi. 
Qaror asosida siyosiy qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini o‘rganish, xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tuzildi. Hamda oktabr oyida qatag‘on qurbonlarini xotirlash haftaligi o‘tkazish belgilandi 
Ma’lumki, 1937−1953-yillarda 100 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan, 13 ming nafari otib tashlangan.
Tarixiy hujjatlarni har tomonlama o‘rganish, tahlil qilishlar, surishtirishlar shuni ko ‘rsatadiki, qatag‘on tuzumi buyurtmasi asosida Markaz va uning jazo organlari tomonidan atayin to‘qib chiqarilgan va hayotga izchil tatbiq etilgan. Uydirmalar asosida vatandoshlarimiz nomi qora ro‘yxatlarga kiritilgan. Buning orqasida ming-minglab begunoh insonlar shafqatsiz jazolangan, umrlari xazon bo‘lgan. XX asr boshidan 40-yillargacha 450 ming vatandoshlarimizga nisbatan “jinoiy ish” ochilganligi, ularning hayoti ostin-ustun bo‘lib ketganligi faktdir. 
Faqat 1937-1939- yillarning o‘zida O‘zbekistonda hammasi bo‘lib 43 mingdan ziyod kishi qamoqqa olingan. Ulardan 6 ming 920 nafari otib tashlangan. 37 ming nafari esa turli muddatga qamoq va surgunlarga hukm etilgan.
Agar tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, vatandoshlarimizga qilingan bu bedodligini hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi. Yaqin milliy tariximizning bu qorong‘u zulmati xalqimiz dilida mangu o‘chmas armon bo‘lib qoldi. U faqat milliy istiqlol tufayligina to‘la yuzaga chiqib, bundan yurtimiz fuqarolari chinakam ro‘shnolik ko‘rish baxtiga musharraf bo‘ldilar.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, qatag‘onga uchragan vatandoshlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning ibratli hayoti va faoliyati, ilmiy ijodiy merosini chuqur o‘rganish yoshlarimiz qalbida ajdodlarimiz ruhiga ehtirom, ijtimoiy adolat tantanasiga ishonch, vatanga sadoqat g‘oyalarini singdirish barchamizning burchimizdir.
Dilafruz Bahronova Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Zarafshon shahar bo‘linmasi rahbari
5-10-2024, 16:17
Вернуться назад