Zarafshon shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-sonli qarori, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi 50-sonli bayoni ijrosi hamda “O‘zbekiston-2030” strategiyasi va “2024-yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan 2024-yil davomida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, Zarafshon shahar Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish hamda targ‘ibot-tashviqotini tashkil qilishga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” asosida 60 nomdagi tadbirlar amalga oshirildi. Shuningdek, 20 ta tashkilotlar bilan hamkorlik dasturlari imzolandi va yo‘l xaritalar asosida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yillik hisobotlari monotoringi yuritildi.
2024-yil davomida belgilangan reja asosida 4 marotaba shahar Ma’naviyat va ma’rifat Kengashlari o‘tkazilib, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
2024-yil davomida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish hamda targʻibot-tashviqotini tashkil qilishga moʻljallangan yoʻl xaritasi 9 ta banddan iborat bo‘lib barcha korxona, tashkilot va muassasalar bilan hamkorlikda 8750 dan ortiq ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, korxona, tashkilot va idoralarda “Ma’rifat soatlari” o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadbirlarda 29 ming nafardan ortiq aholining turli qatlamlari qamrab olindi. O‘tkazilgan “Ma’rifat soatlari”ga “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari jalb qilindi.
2024-yil davomida shahar Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi tomonidan quyidagi tashabbuslar amalga oshirildi:
1.2023-yilning 22-dekabrida Davlatimiz rahbari tomonidan “Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi”ning kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar asosida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida viloyatda 3 bosqichli “Mahallada duv-duv gap” loyiha doirasida shahrimizdagi 15 ta mahallada 47 ta targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, ushbu tadbirlarga 7435 nafar aholi qamrab olindi.
2.“Olamni mahliyo aylagan diyor!”, “O‘zbekiston umumiy uyimiz!”, “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Radikalizm, ekstrimizm va terrorizm-barqaror taraqqiyot kushandasi”, “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Inson qadri uchun”, “Qatag‘on qurbonlari – vatan fidoyilari”, “Yosh kitobxon”, “Kitob – ma’naviyat ko‘zgusi”, “Qadriyat va burch”, “Zakovat”, “Oila- ma’naviyat va tarbiya maskani”, “Qadrdon maktabimga kitob sovg‘a qilaman”, “Ma’rifat ulashib”, “Kinokarvon” kabi mavzularda 765 dan ortiq ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
3. Tadbirlardan 537 tasi ma’naviy-ma’rifiy tadbir, 3 tasi festival, 17 marta ijodiy kecha, 63 marta kitobxonlik aktsiyalari va yarmarkalari, 41 marta saxovat va muruvvat tadbirlari, 45 marta aholi o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarni oldini olish bo‘yicha profilaktik suhbatlar, 20 marta oilaviy ajrimlar, erta turmush va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh munosabatlarini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar, 42 marta aholini buzg‘unchi g‘oyalar, diniy ekstremizm va axborot xurujlari ta’siriga tushib qolishini oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari, 96 marta ma‘rifat soatlari, 9 ta ko‘rik-tanlovlarni tashkil etadi.
4.Zarafshon shahridagi 15 ta mahallaning kirish qismiga Prezidentimizning “Agar biz bu yorug‘ dunyoda “o‘zbek”, “O‘zbekiston” degan nomlar bilan yashab qolishni istaydigan bo‘lsak, bu savollarga bugun javob topishimiz va ularni hal etish bo‘yicha amaliy harakatlarni aynan bugun boshlashimiz shart.” degan so‘zlari aks etgan ko‘rgazmali targ‘ibot vositalari o‘rnatildi.
5.2024-yil davomida Zarafshon shahar hokimi, Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi va homiylar hisobidan 3000 dona turli xil badiiy kitoblar tadbirlarda aholi, yoshlarga topshirildi.
5.Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Zarafshon shahar bo‘linmasi tashabbbusi bilan 13 ta umumta’lim maktabi, 20 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 15 ta korxona, tashkilot va muassasa xodimlari o‘rtasida “Har haftada bir kitob mutolaa qilamiz!” shiori ostida 52 marta kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi.
6.“Ma’rifat oqshomlari”, “Gulxan atrofida” kabi ijodkor yoshlar she’r va hikoyalari asosida mushoira va ijod kechalari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilib, loyiha doirasida 200 dan ortiq kitoblar aholiga bepul, beg‘araz tarqatildi. O‘tkazilgan tadbirlarda jami mingdan ortiq aholi hamda yoshlar qamrab olindi.
7.Farzandlariga munosib tarbiya berib, davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etib, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shib kelayotgan 13 nafar xotin-qizlar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Zarafshon shahar bo‘linmasi tomonidan munosib taqdirlandi.
8.“Ona yurt fidoiylari” rukni ostida Isoqxon Ibrat, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Botu, Munavvarqori kabi jadid ma’rifatparvar bobolarimizning umr yo‘llari targ‘iboti olib borildi.
9.Zarafshon shahridagi barcha umumta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida A.Mavrulovning “Nisbatlar haqiqati” nomli kitobi asosida o‘quv-seminari o‘tkazildi.
10. Bo‘linmaning “Zarafshon yog‘dusi” telegram kanalida shahrmizda bo‘layotgan muhim yangiliklar, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega milliy kontentlar doimiy omma e’tiboriga havola etib kelindi.
11.Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda o‘tkazilgan tadbirlar Respublika televideniyasi orqali 1 marotaba, viloyat televideniyasida 21 marotaba, shshar hokimligining rasmiy saytida (http://www.zarafshon.uz) 100 dan ortiq, viloyat radiosi orqali 20 dan ortiq chiqishlar qilindi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar orqali turli loyihalar doirasida (video, surat, infografika, matn ko‘rinishida) ma’lumot va materiallar joylashtirildi.
Dilafruz Bahronova Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Zarafshon shahar bo‘linmasi rahbari