Ona yurtimiz har doim o‘zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan
Ma’lumki, 1993-yil 29-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” deb belgilandi. Vatanni himoya qilish, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash yurtning har bir farzandi vazifasidir. Vatan himoyachilari kunini nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni vaqtda armiya saflarida o‘z burchini o‘tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayrami, deb qabul qilingan.
Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o‘z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, alp yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi.
Ona yurtimiz har doim o‘zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o‘zi yashayotgan yurt tuprog‘ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. Bugun dunyoda integratsiyalashuv, globallashuv jarayonlari kechayotgan, insonlar yuksak texnologik taraqqiyotga intilayotgan davrda yashamoqdamiz. Shu bilan birga ijtimoiy tarmoqning ijobiy natijalaridan foydalanayotganimiz barobarida kosmopolitizm kabi vatansizlikni targ‘ib qiluvchi g‘oyalarning tarqalishi kabi bir muncha xavotirli jarayonlar ham mavjud. Avvallari uirushlarni kitoblarda o‘qiganmiz, kinolarda ko‘rgan bo‘lsak, bugun dunyoning bir qancha davlatlari urush girdobida, ijtimoiy tarmoq notinchlilar bilan to‘lgan.
Davlatimizda qonun ustivorligining ta’minlamganligi, siyosat olib borilayotgan oqilona ishlar natijasida yurtimizda tinchlik hukmron. Shunday kunlarda hayotini Vatanimiz osmonini doimo musaffo bo‘lishi uchun tikkan, o‘z kuch-g‘ayratini ayamaydigan yurt fidoiylari bayram munosabati bilan davlatimizning yuksak mukofotlari bilan ham taqdirlanadi.
Bugungi kunda Zarafshon shahrida 3 ta harbiy qismlar mavjud. Jumladan, Ichki Ishlar Vazirligi tasarrufidagi Qorovul qo‘shinlari 7551-sonli harbiy qismda 500 ga yaqin harbiy xizmatchilar va muddatli harbiy xizmatchilar o‘z xizmat vazifalarini a’lo darajada o‘tashmoqda. Harbiylar, yoshlar bilan birgalikda shaharda vatanparvarlik uchrashuvlari, tadbirlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan Zarafshon shahar "Oltin vodiy" madaniyat uyida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda Ona Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini saqlash yo‘lidagi shaxsiy namunasi, harbiy xizmat burchiga yuksak sadoqati, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir guruh 50 ga yaqin soha xodimlari tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shahar Madaniyat bo‘limi tasarrufidagi “Yulduz” madaniayt uyi va “Oltin vodiy” madaniyat uyi xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchada xush-kayfiyat bag‘ishladi.
Dilafruz Bahronova Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Zarafshon shahar bo‘linmasi rahbari