DataLife Engine / YOSHLARGA E’TIBOR-MILLATGA E’TIBOR

YOSHLARGA E’TIBOR-MILLATGA E’TIBOR

YOSHLARGA E’TIBOR-MILLATGA E’TIBOR
Mamlakat taraqqiyotining yangi davrida yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning bilim olishi, mehnat qilishi, o‘z qobiliyat va iste’dodini ro‘yobga chiqarishi uchun barcha sharoitlarni yaratish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. O‘tgan davr mobaynida yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan, ular hayotiga bevosita taalluqli bo‘lgan qonun, farmon va qarorlar qabul qilingani mamlakatimizda mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallab, xalqaro maydonda raqobatga kirisha oladigan barkamol shaxslarni tarbiyalashga huquqiy zamin bo‘lib xizmat qilmoqda.
Taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida mamlakatimiz yoshlarining siyosiy-huquqiy madaniyati va ijtimoiy ong darajasining o‘sib borishi, jamiyatni demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlarining jadal rivojlanishi, yosh avlodning ilm-fan, sport sohasida erishayotgan yutuqlari bu sohadagi islohotlarni yangi, yanada yuqori bosqichga ko‘tarishimiz uchun zarur sharoitlarni yuzaga keltirayotgani hech kimga sir emas.
Hozirgi kunda Zarafshon shahrida ham iqtidorli yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ularni zamonaviy ilm egallashlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Zarafshon shahri yoshlari uchun yaratilgan imkoniyatlar samarasi o‘laroq erishilgan yutuqlar va yuqori natijalar salmoqli darajadadir. Yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun mutlaqo yangicha mazmundagi Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar tizimi yaratildi. 2024-yilda shahrimiz maktablarida 981 nafar bitiruvchi o‘g‘il-qizlar tamomlashdi. Mazkur bitiruvchilardan 70 nafari muddatidan oldin xorijiy va mahalliy oliy o‘quv yurtlariga talaba bo‘lishdi.  Shuningdek, bitiruvchi yoshlarimizdan 40 nafari oltin medal va 1 nafari kumush medal bilan o‘quv yilini muvaffaqiyatli tamomlashdi. Xorijiy tilni bilish bo‘yicha o‘tkazilgan imtihonlarda ham shahrimiz yoshlari tomonidan yuqori natijalar qayd etilmoqda. Bundan tashqari Besh tashabbus olimpiadasi, Turon maktav teatri tanlovlarida ham yoshlar faol.
Shahar hokimi o‘rinbosari S.Uvaytov, Respublika ishchi guruhi aʼzolari, shahar Maʼnaviyat va maʼrifat bo‘linmasi rahbari D.Bahranovalar kuni kecha  Navro‘z ayyomi munosabati  bilan Yangi  Zarafshon mahallasida istiqomat qiluvchi Jondillo Ibrohimov xonadonida bo‘lishdi. Masʼullarning bu xonadonda bo‘lishlari bejiz emas. Sababi, Jondillo Ibrohimov xonadonida qizlari "Yosh kitobxon" tanlovi g‘oliblari Aziza va Nastarinlar shahrimiz faxri. Mas’ullar yoshlar bilan suhbat qilib, o‘qishlarida omad tilashdi, hamda bayram sovg‘alari topshirildi.
Holbuki, sog‘lom, bilimli, madaniyatli yoshlar mamlakat taraqqiyoti va kelajagini belgilab beruvchi hamda jamiyatda ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda harakatlantiruvchi kuchdir. 
Dilafruz Bahronova Respublika Ma’naviyat va ma'rifat markazi Zarafshon shahar bo‘linmasi rahbari


 
 
25-03-2025, 10:00
Вернуться назад