Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Zarafshon shahridagi koʻp qavatli uylarda yangi oʻrnatilgan liftda yosh bolalar qamalib qolganligi boʻyicha video yuzasidan Togʻ-kon geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi Shimoliy-Gʻarbiy mintaqaviy boshqarmasi inspektorlari tomonidan joyida oʻrganilganda Zarafshon shahri 13-kichik tumanida "Orzular Shahri" MCHJ tomonidan 7 qavatli uylarga oʻrnatilgan liftlar Navoiy viloyatida joylashgan "GOLDEN LIFT" MCHJ tomonidan ishlab chiqilganligi va oʻrnatilganligi aniqlandi. Oʻrganishlar natijasida lift pasporti mavjud emasligi, muvofiqlik sertifikati olinmaganligi aniqlangan. Mazkur liftlar oʻrnatilganligi, statik-dinamik sinovdan oʻtkazish boʻyicha Togʻ-kon geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi Shimoliy-Gʻarbiy mintaqaviy boshqarmasiga biror marta murojaat kelib tushmagan. Liftlarga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan shartnoma tuzilmagan. Mazkur uyda yashovchi yosh bola lift oʻchib qolishi natijasida qamalib qolganligi boʻyicha xabar berilgandan soʻng "Zarafshon shahar koʻp qavatli uylardagi liftlarga xizmat koʻrsatish" MCHJ tomonidan qisqa muddatlarda bartaraf etilgan.

Zarafshon shahar  qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo'limi
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech