Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

RASMIY MUNOSABAT “Vodiy 24” facebook ijtimoiy tarmog’i orqali Navoiy viloyati Zarafshon shahrida faoliyat yuritayotgan aka-uka tadbirkorlar ochilgan jinoyat ishidan noroziligini bildirgan murojaati yuzasidan RASMIY MUNOSABAT

Zarafshon shahar IIB tomonidan fuqaro Sh.Abduraxmonov va boshqalarga nisbatan tergov harakatlari o‘tkazildi.  Aniqlanishicha, fuqaro B.Abduraxmonov u akasi Sh.Abduraxmonov bilan bir guruh shaxslar bo‘lishib, firibgarlik jinoyatini sodir qilganligi uchun 14.11.2023 yilda fuqaro Sh.Abduraxmonov va B.Abduraxmonovlarga nisbatan JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan. 

O‘tkazilgan tergov  harakatlari natijasiga ko‘ra, 02.12.2023 yilda B.Abduraxmonovga va  13.02.2024 yilda Sh.Abduraxmonovga nisbatan JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan ayb e’lon qilinib, Sh.Abduraxmonovga uy qamog‘i va B.Abduraxmonovga garov ehtiyot chorasi qo‘llanilgan jinoyat ishi ayblov hulosasi bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Zarafshon shahar sudiga yuborildi.

Ushbu haqida ma’lumotnoma tuzildi.

 

Zarafshon shahar prokuraturasi

 

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech