Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

DEPUTATLAR MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA

Deputatlar shahardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchi bolalarning ovqatlanish ta’minoti hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatini o‘rganishdi.

➡️Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi deputatlari Gulshanda Bobomurodova, Dilafruz Baxronova  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-noyabrdagi “Aholining sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, shuningdek Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashining “Shaharda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi tarbiyalanuvchilarning sifatli ovqatlanishini ta’minlash jarayonlarini hamda ularga yetkazib berilayotgan mahsulotlarning sifatini nazorat qilish yuzasidan “deputatlik nazorati”ni kuchaytirish to‘g‘risida"gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Zarafshon shahar 2-sonli hamda 17-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lishdi.

 ➡️O‘rganish davomida muassasalarda tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigiyenik talablarga amal qilinishi, bolalarning sog‘lom ovqatlanish uchun tuzilgan ovqat ratsionlari, ularga yetkazib berilayotgan mahsulotlar sifati, yaroqlilik muddati, saqlash qoidalariga amal qilish tartibi o‘rganildi.


Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi deputatlari D. Bahranova, G. Bobomurodova










Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech