Bugun,16-mart kuni Zarafshon shahar hokimligining kichik majlislar zalida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvni Zarafshon shahar hokimi Anvar Radjabov olib bordi. Uchrashuvda O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi raisi Sevdiyor Uvaytov, yoshlar yetakchilari va yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuvda yoshlar bilan savol-javoblar qilindi. Faol yoshlar shahar hokimining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi. Hamda O'zbekiston yoshlar Ittifoqi Zarafshon shahar Kengashi raisligiga M.Mixliyeva tayinlandi.