20-dekabr kuni Zarafshon shahridagi "Yulduz" madaniyat markazida shahar DXX, sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Raxmanov, DXX va sektor rahbarlari, shahar hokimi o‘rinbosari, mutasaddi rahbarlar, yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuvda shahar hokimi Nazirbek Rahmanov so‘zga chiqib, shahrimizda yoshlar uchun yaratilgan qulayliklar natijasi, ta'lim sohasida erishilgan yutuqlar va hozirgi kunda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida fikrlar bildirildi.
Shuningdek, shahrimizdagi umumta'lim maktablarni tamomlab, xorijiy va mahalliy nufuzli oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan bitiruvchilar va faol yoshlar o‘zlarining taklif va tavsiyalarini bildirib o‘tishdi.