
Bu soʻzning xalq tilida keng tarqalgan "se malak" ya'ni "oʻttiz malak" bilan hech qanday aloqasi yoʻq😊
Sumalak turkiy va eroniy tillarda quyidagicha ataladi:
Turkmancha: sümelek
Qazoqcha: sümelek;
Kirgizcha: sümölök;
Ozarbayjoncha: semeni halvasi
Forscha: samanū
Tojikcha: sumanak, sumalak;
Turkchada kelib chiqishi aynan Oʻrta Osiyoda pishiriladigan sumalakka toʻgʻri keladigan taom mavjud boʻlib, uni "uğut tatlısı" deyishadi.
Demak, sumalak turkiy xalqlarda deyarli bir xil nom bilan ataladi.