

Mazkur sayyor qabulda Jinoyat ishlari boʻyicha Zarafshon shahar sudi raisi D.Xonboʻtayeva, Fuqarolik ishlari boʻyicha Zarafshon tumanlararo sudi raisi A.Shukurov, Zarafshon tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Sh.Gʻofurov tomonidan Zarafshon shahar “Konchilar” MFYdagi fuqarolar hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolari oʻrganilib, ularga huquqiy tushuntirish va koʻmak berildi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 3 nafar xotin-qizlarning muammolari hal qilinib, ular tomonidan “Ayollar daftari”ning sud-huquq masalalari boʻyicha roʻyxatidan chiqish toʻgʻrisida ariza taqdim qilindi.
Shuningdek, qabul jarayonida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huhuqlar va qonuniy manfaatlarini buzilishi holatlarini oldini olish, ayollar va voyaga yetmagan yoshlar jinoyatchiligi kelib chiqish sabablari va ularni oldini olish, oilaviy ajrimlarni kamaytirish yuzasidan tushuntirishlar berib oʻtildi.
Sherzod Gʻofurov
Zarafshon tumanlararo
iqtisodiy sudi raisi