
💥 13-sonli ayrim fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashgan maktabda tashkil etilgan tadbirga Navroʻz mahallasida yashab, turli sohalarda mehnat qilib, keksalik gashtini surayotgan nuroniy otaxonlar, nafaqadagi oʻqituvchi-ustozlar taklif etildi.
✅Tadbirda shahar hokimining oʻrinbosari U.Ochilov ishtirok etib, tadbir ishtirokchilariga haftalikning mazmun-mohiyati va uni oʻtkazishdan koʻzda tutilgan maqsadlar toʻgʻrisida oʻz fikrlarini bildirib, nuroniylarning ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki, mahallaga bergan yaqin yordamlari, yoshlar tarbiyasidagi fidoyiliklari uchun esdalik sovgʻalar bilan taqdirladi.
🔶Shuningdek, tadbirida Zarafshon shahar Yulduz va Oltin vodiy madaniyat uylari hamda 13-maktabning ijodkor oʻqituvchi va oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.