








Bugun Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov tomonidan tegishli mutasaddilar ishtirokida navbatdagi sayyor qabul Muruntov mahallasida boʻlib oʻtdi.
Fuqarolar bilan oʻtgan ochiq va samimiy uchrashuvda har bir murojaat va takliflar birma-bir oʻrganildi. Xususan, yoshlarning bandligi, moddiy yordam koʻrsatish, uy-joy masalasi, shuningdek, boshqa masalalarda joyida yechim topish uchun chora-tadbirlar koʻrildi.