Bugun Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov navbatdagi sayyor qabulni Yulduz mahalla fuqarolar yigʻinida oʻtkazdi
Mutasaddi rahbarlar ishtirokida oʻtgan sayyor qabul davomida fuqarolarning muammolari va takliflari atroflicha oʻrganildi. Fuqarolar tomonidan moddiy yordam koʻrsatilishi, bandlik bilan taʼminlash, uy-joy kabi masalalar, shuningdek, o'zlarining taklif va murojaatlari bildirildi.
Murojaatlar masʼullar bilan birma-bir oʻrganilib, hal etilishi belgilandi