Zarafshon shahar hokimi o'rinbosari O.Xakimov shahar tibbiyot birlashmasi salomatlik maskani va 9-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining joriy taʼmirlanayotgan oshxonasi binosida boʻlib, u yerdagi jarayonlar bilan tanishdi.
Bugungi kunda shahar tibbiyot birlashmasining salomatlik maskani koʻplab yangi jihozlar bilan taʼminlangan. Xususan, u yerda radioterapiya, massaj, umurtqa tortish apparati va boshqa koʻplab jihozlar oʻrnatilgan.
9-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining joriy taʼmirlanayotgan oshxonasida ham ishlar qizgʻin pallada. Binoning foydalanishga topshirilishi yangi oʻquv yilida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.